Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya keng ko‘lamli harbiy dengiz mashg‘ulotlarini boshladi
Mashg‘ulotlarga 132ta kema, 10ta suvosti kemasi, 43ta samolyot, 28ta vertolyot va 14ta dron jalb etilgan.
Turkiya harbiy-dengiz kuchlari Egey va O‘rtayer dengizlarida keng ko‘lamli Denizkurdu 2021 harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Mashg‘ulotlarda shaxsiy tarkibning 25,5 ming nafar harbiy xizmatchisi qatnashmoqda, deb xabar berdi Turkiya mudofaa vazirligi.
Deniz Kuvvetleri Komutanlığımızın harbe hazırlık seviyelerinin yükseltilmesini hedefleyen DENİZKURDU-2021 Tatbikatı Ege ve Doğu Akdeniz’de planlandığı gibi başarıyla devam ediyor. Deniz Kuvvetleri Komutanı Oramiral Adnan Özbal da tatbikatı yerinden sevk ve idare ediyor. pic.twitter.com/qkvplUEZhj
— T.C. Millî Savunma Bakanlığı (@tcsavunma) May 27, 2021
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlarga 132ta kema, 10ta suvosti kemasi, 43ta samolyot, 28ta vertolyot va 14ta dron jalb etilgan.
Denizkurdu 2021 mashg‘ulotlari strategik darajadagi operatsiyalarga tayyorgarlik unsurlarini o‘z ichiga olgan.
Yakuniy bosqichda 83ta kema Egey va Sharqiy O‘rtayer dengizidagi 22ta portga kiradi.
Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlar 5 iyungacha davom etadi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025