Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada 2 haftaga to‘liq lokdaun kiritiladi
Malayziya bosh vaziri Muhiddin Yassin mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘payib ketgani sababli to‘liq lokdaun kiritilishini e'lon qildi.
Lokdaun 1 iyundan amal qila boshlaydi va 14 kun davom etadi. Bu vaqt davomida iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan tashqari barchasi vaqtincha faoliyat yuritmaydi.
Malayziyada oxirgi sutkada kunlik kasallanishlar soni 8,2 mingdan oshdi. Bu esa pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hisham Abdulla shifoxonalarning intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan 90 foizga to‘lganini ma'lum qilgan.
Malayziyada ilk bor lokdaun 2020 yil mart oyidan mayigacha kiritilgandi. Bundan tashqari, mamlakatda joriy yilning 22 yanvaridan 5 martigacha ijtimoiy cheklovlar amal qilgan. O‘shanda hukumat cheklovlar evaziga o‘rtacha kunlik kasallanishlar sonini 3 minggacha tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025