Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lda mast holda yotgan shaxs vafot etdi
Navoiy viloyati Navbahor tumanida mast holda yo‘lning qatnov qismida yotgan shaxsni mashina urib yuborgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 26 may kuni soat 04:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R48 «Zarafshon trakti» avtomobil yo‘lining Navbahor tumani hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Qalqon–Uchtut yo‘nalishida harakatlanib kelgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi Neksiya mashinasida yo‘lning qatnov qismida yotgan, 1984 yilda tug‘ilgan shaxsni bosib ketgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilishicha, marhum mast holda bo‘lgan va yo‘lning qatnov qismida uxlab yotgan. Shuningdek, mazkur yo‘l sifati ham talab darajasida emasligi aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, hodisa yuzasidan Navbahor tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
07:40 / 18.11.2024
Toshkent teleminorasi qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi
11:38 / 17.11.2024