O‘zbekiston | 15:57 / 28.05.2021
4583
1 daqiqa o‘qiladi

Norboyeva oliy ta'limga gender tenglik masalalari bo‘yicha yo‘nalishlarni kiritish taklifini bildirdi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 15-yalpi majlisi birinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovga oliy ta'limga gender tenglik masalalari bo‘yicha yo‘nalishlarni kiritish taklifini bildirdi.

«Oliy ta'lim bitiruvchilarida gender tenglik tushunchasini to‘g‘ri shakllantirish, erkaklar va ayollar tengligi masalalari bo‘yicha to‘g‘ri bilim berish dolzarb.

Bu nafaqat tizim xodimlarida, balki talabalarda ham shu tushunchalar shakllangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun bakalavr va magistraturaga gender tenglik masalalari bo‘yicha yo‘nalishlarni kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmaydimi? Joriy yildan qaysidir qismini boshlasak, keyingi yillarda barcha OTMlarda», deya taklif bildirdi Senat raisi.

Mavzuga oid