Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uylarni ta'mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil etiladi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida uylarni ta'mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar joylarni ta'mirlash ishlari bo‘yicha videoselektorda aytib o‘tdi.
«Tuman va shahar hokimlari bilan birga, joriy yilda 456ta avariya holatidagi uylarni ta'mirlash ishlarini yakuniga yetkazish lozim. Ushbu maqsadlarga, joriy yilda Ishmetov 100 milliard so‘m, viloyat hokimlari 60 milliard so‘m ajratsin.
Bundan tashqari, joriy yilda 2 ming 400ta, kelgusi 2 yilda 4 ming 100ta ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlash kerak. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida uylarni ta'mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Jamg‘arma mablag‘lari teng ulushlarda respublika va mahalliy budjet hisobidan shakllantiriladi.

Bunda, ko‘p qavatli uylarni ta'mirlash xarajatlarining 30 foizi mulkdorlar tomonidan, qolgan 70 foizi esa jamg‘arma mablag‘laridan amalga oshiriladi.
Ta'mirlash ishlari va sifat ustidan nazorat Uy-joy inspeksiyasiga yuklatiladi. Mazkur maqsadlarga joriy yilda respublika va mahalliy budjetlardan 110 milliard so‘mdan (jami 220 milliard so‘m) mablag‘ ajratiladi, qolgan 100 milliard so‘mga aholi mablag‘lari jalb qilinadi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025