Yakkabog‘ hokimi 311 million so‘mga «Captiva» mashinasini sotib olyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi 311 million so‘mga «Captiva» avtomashinasini sotib olyapti. Viloyat hokimligi axborot xizmati bu ish bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev 311 million so‘mga «Captiva» avtomashinasi xarid qilmoqda. Avtomashinani xarid qilish masalasi xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, hokimlik tasarrufida bo‘lgan, 2014 yilda ishlab chiqarilgan, «Lasetti» xizmat mashinasi hozirda yaroqsiz holga kelib qolgani uchun «Captiva» xarid qilinmoqda.
Yaqinda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida tuman va shahar hokimlari xizmat avtotransportining eng yuqori narxi – BHMning 1000 baravari (hozir 245 million so‘m)dan oshmasligi aytilgan.
«Qarorning 1-ilovasida «Borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlar hokimlari uchun xizmat avtotransport vositasini xarid qilishda dvigatelning eng yuqori quvvati 3 000 sm3 gacha oshirilishiga ruxsat etiladi», deb qo‘shimcha qilib ketilgan. Yakkabog‘ tumanining 62,7 foiz maydoni tog‘li hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, «Captiva» avtomashinasi xarid qilish qonunga zid emas, deb topilgan», deyiladi viloyat hokimligi munosabatida.
Mavzuga oid
11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi
18:29 / 29.05.2023
Qashqadaryoda mahalliy bloger qamaldi. U SChR bo‘yicha yig‘ilishni yoritmoqchi bo‘lgani aytilmoqda
13:09 / 02.04.2023
Minjirdagi qotillik: otasini o‘ldirib, jazodan qutulib qolgan o‘g‘il haqida hikoya
09:10 / 16.02.2023