O‘zbekiston | 16:26 / 29.05.2021
9875
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 39 ming kmdan ortiq tuproq yo‘l mavjud. AQShda ham 425 ming km shunday yo‘l bor – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev Senatning 15-yalpi majlisida respublikadagi mavjud avtomobil yo‘llari qayta hisoblanganini va bugungi kunda 209 ming km avtomobil yo‘li borligi, shundan qariyb 40 ming kilometri tuproq yo‘l ekanini ma'lum qildi.

«Biz qaytadan hisobdan o‘tkazganimizda 184 ming emas, 209 ming km yo‘l borligi aniqlandi. Shundan 42654 km bizniki, qolgani ichki xo‘jalik yo‘llari va boshqa yo‘llar. Bugungi kunda bu yo‘lning 40 ming km.ga yaqini ta'mirlandi.

Respublikada 39 417 km tuproq yo‘l bor, ularni shag‘allashtirish ishlari ketyapti. Bosqichma-bosqich butun dunyo qilayotgan ishni qilyapmiz, AQShda ham 425 ming km tuproq yo‘l bor.

Yo‘llar borasida kamchiliklarimizni tan olamiz, lekin bizning asosiy muammomiz ichki xo‘jalik yo‘llariga bog‘liq», dedi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi.

Mavzuga oid