«Qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi kerak» - Mirziyoyev korrupsiya haqida
«50 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushyapti, mashina olishda qo‘lga tushyapti, 30 ming pora bilan qo‘lga tushyapti. Nima, tizim bo‘lib ketganmi Samarqandda?!» – ta'kidladi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 may kungi selektorda korrupsiya masalasiga to‘xtalib, unga qarshi kurashishni kuchaytirish kerakligini qat'iyan ta'kidladi.
«Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha menga bir taklif berish kerak, hammasini mujassam qilib, hammaning ko‘zini ochib berish kerak.
Raqamlashtirishni qilmasak, korrupsiyani yo‘q qila olmaymiz. Eng katta narsa – raqamlashtirish.
Pullarni iqtisod qilib, odamlarning manfaatdorligini oshiraversak, jamiyat o‘zgaradi. Sifat, muddat va adolat!
Korrupsiyadan xoli tarmoq qilish kerak. Hammasi davlatning puli bu, xalqimizning puli bu. Nimaga korrupsiya bo‘lyapti, nimaga yer sotyapti, qayoqqa qarayapti bu noinsoflar?!
1 iyundan boshlab kim mana shunaqa qilsa, tuman, shahar hokimi… qonun bor unga!
50 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushyapti, mashina olishda qo‘lga tushyapti, 30 ming [pora bilan] qo‘lga tushyapti. Nima, tizim bo‘lib ketganmi Samarqandda?!
Hamma viloyatlarga tegishli. Endi birinchi rahbar ishdan ketadi, tizim bundanam qattiq bo‘ladi, ana shuni bilinglar hammalaring. Qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar ishonishi kerak, korrupsiya yo‘q O‘zbekistonda [deb].
Hamma hokimga xulosa! Alohida, korrupsiya[ga qarshi kurashish] bo‘yicha qarorni tezlashtirish kerak. Qonun ustuvor, jazo muqarrarligini ko‘rsatish kerak!
Pul topib berdik, bular o‘g‘rilik qilishi uchun qilganimiz yo‘q-ku buni? Odamlarni eshitish, og‘irini yengil qilish uchun qilyapmiz.
Dehqonobodda ichimlik suvi yo‘qligi... mening armonim! Ko‘rib ko‘rmaslikka olganmiz 27 yil. Endi shuncha vaqt ketib o‘rgatganimda, bu o‘g‘rilar paydo bo‘ladimi?
Endi bitta narsa bo‘ladi: qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, bu selektorda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta'minlashga 18 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
«Bu masalalar bo‘yicha biz biror marta buncha mablag‘ yo‘naltirmaganmiz. Endi shuni sifatli qilib, 7 794 ta qishloq va mahallaga yetkazishimiz kerak.
Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, ichki yo‘llarni qurish va ta'mirlash ishlariga, yana qo‘shimcha 300 million dollar ajratdik», – deya qayd etdi davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024