Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni 11 mamlakatdan qirollikka kirish taqiqini olib tashlamoqda
Saudiya Arabistoni 3 fevralda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 20ta mamlakatdan qirollikka kirishni to‘xtatgandi.
30 maydan Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi sababli 11 mamlakatdan qirollikka kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlamoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, BAA, Portugaliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Yaponiyadan qirollikka kelishga ruxsat berildi.
"Ularga nisbatan sanitar karantin qo‘llaniladi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlarda pandemiya barqaror va samarali nazorat qilinayotgani sababli ushbu qaror qabul qilingan.
Saudiya Arabistoni 3 fevralda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 20ta mamlakatdan qirollikka kirishni to‘xtatgandi.
Qirollikda dekabr oxiridan 17 maygacha qat'iy karantin choralari amal qildi. 17 maydan boshlab koronavirusga qarshi emlanganlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
22:15 / 14.05.2025