Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishini ma'qulladi
Oliy Majlis Senati o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
14 ta moddadan iborat qonunga muvofiq, 7 ta kodeks hamda 5 ta qonunga, xususan, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Budjet, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga, “Notariat to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, ma'muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Bundan tashqari, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan sanksiya yangi tahrirda qabul qilinmoqda hamda mazkur modda ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025