Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Guanjou shahrida koronavirus tarqalishi sababli qat'iy cheklovlar kiritildi
Xitoyning eng yirik shaharlaridan biri - 15 mln aholisi bo‘lgan Guanjou shahrida koronavirus tarqalishi sababli qat'iy cheklovlar kiritildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, shaharda oxirgi haftada 20ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan. Ushbu holatlardan aksariyati bir tumanda yuz bergan.
Shu sabab ushbu tuman aholisiga o‘z uylarini tark etish taqiqlab qo‘yildi, ulardan uylari eshiklari oldida koronavirusga test olinmoqda.
Shaharda ochiq havodagi yarmarkalar, bolalar markazlari va ko‘ngilochar maskanlar yopilgan. Maktablar masofadan o‘qitishga o‘tkazilgan, restoranlarga mijozlarni faqat terrasalarda qabul qilishga ruxsat berilgan.
Ta'kidlanishicha, shahar ma'muriyati kasallanish darajasi pastligiga qaramay, virus tarqalishini nazorat ostiga olish maqsadida bunday cheklovlar kiritganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025