Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida juda issiq ob-havo bo‘ladi - «O‘zgidromet»
Hafta davomida O‘zbekiston hududida asosan quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin, Toshkent viloyatida esa 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ish haftasi davomida aksariyat viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 37-39 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida 38-43 daraja issiqni tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.
31 may va 1-2 iyunda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025