Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 60-xalqaro gullar festivalining yakuniy tadbiri o‘tkazildi, sovrindorlar taqdirlandi
«Afsonalar vodiysi» tematik parki amfiteatrida gullar festivali yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir boshlanishidan avval viloyat hokimi ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.
«Gullar festivaliga hafta davomida taxminan 300 mingdan ortiq mehmon keladi, deya kutgan edik, volontyorlar orqali aniqladikki, bir kunda o‘rtacha 120 mingdan ortiq mehmon keldi. Har kuni 1,5 mingdan ortiq chet ellik mehmonlar kelishdi. Bu festival viloyatimizning turizm salohiyati yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi», – deydi viloyat rahbari.
Tantanali marosim davomida xalqaro gullar festivalini yoritishdagi jonbozligi uchun bir guruh OAV vakillari hamda blogerlar taqdirlandi.

Shuningdek, festivaldagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar hokimligi, Namangan shahar hokimligi va shahar obodonlashtirish boshqarmasi jamoalari e'tirof etildi.
Bundan tashqari, gullar festivalining bir qator nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanib, pul mukofoti topshirildi.

Tashkilotlar va boshqarmalar o‘rtasida g‘oliblik Namangan viloyati Qurilish bosh boshqarmasiga nasib etdi. Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi esa «Avtoparadda eng yaxshi gulga bezatilgan avtomashina» uchun mashinaga ega bo‘ldi.

Gulchi Obidxon Qodirov «Eng yaxshi dizayner gulchi» deya e'tirof etildi.
«Dekabr oyidan boshlab tinmay mehnat qildik, bog‘dagi ekilgan gullarning 70 foizini yetishtirib berdik. Mana mehnatimiz besamar ketmadi, bosh sovrinlarning biriga ega bo‘ldik», — deydi gulchi.
Mavzuga oid
14:44 / 08.04.2024
Namanganda 63-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi
15:00 / 23.05.2023
Foto: Namanganda bir oy davom etadigan gullar festivali boshlandi
12:18 / 07.05.2022
Foto: Ikki milliondan ortiq gullar bilan bezalgan Toshkent gullar festivali
22:34 / 23.05.2021