Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar tomonidan investitsiyalar bilan bog‘liq tavakkalchiliklar baholab boriladi
Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari tomonidan ko‘chmas mulkka va qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq keltirish uchun Markaziy bankning ikkita nizomi davlat tiliga tarjima qilindi va birlashtirildi. Bu tijorat banklarining ko‘chmas mulkka qilingan investitsiyalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida (ro‘yxat raqami 572, 19.12.1998 y.) va tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida (ro‘yxat raqami 1894, 2.02.2009 y.) nizomlardir.
Hujjat loyihasiga qator texnik o‘zgartirishlar kiritilgan, oldingi nizomning ko‘p talablari tugatilgan, nizom esa soddalashtirilgan. Shuningdek, hujjatda bankning ko‘chmas mulki toifasiga va boshqa mol-mulkiga kiradigan obektlar batafsil ta'riflangan.
Bundan tashqari, banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar xarid qilish va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etishiga qo‘yiladigan minimal talablar “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririga muvofiq keltirildi.
Shu bilan bir qatorda, kapitalning yetarliligi hisob-kitoblarida tavakkalchilikning past darajasi bilan aniqlanadigan qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirish, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari yoki aksiyalarining eng ko‘p miqdori hisob-kitoblarida chegirib tashlanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025