O‘zbekiston | 11:21 / 01.06.2021
1380
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yoshlar festivalining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Namangan markazidagi Afsonalar vodiysi tematik parkida yoshlar festivaliga yakun yasovchi tantanali tadbir tashkillandi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlarni tabriklab, bunday bayram kunlari har kun davom etishini tiladi. 

«3 kun davom etgan ushbu festivalda 500 mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi, bugungi tadbirda esa 150 ming oshiqroq yoshlar ishtirok etmoqda. Festival doirasida yangi ishchi o‘rinlar yarmarkasi, turli xil musobaqalar, kasb-hunarga o‘rgatish va harbiy vatanparvarlikka jalb qilish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi», — deydi viloyat rahbari.

Shundan so‘ng bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «Eng yaxshi nodavlat ta'lim muassasasi» nominatsiyasida «Namangan progress» o‘quv markazi, «Istiqbol zamon bolalari» umumiy o‘rta ta'lim muassasasi, «Wonderkid’s school» nodavlat ta'lim muassasalari taqdirlandi.

Mudofaa ishlari bo‘limi, «Mening sovg‘am» nominatsiyasida eng ko‘p kitob sovg‘a qilgan yosh Axtamova Susannaga mukofot berildi.

Zakovat intellektual o‘yinlarida 1-o‘rin Prezident maktabi jamoasiga, 2-o‘rin Xalq ta'limi boshqarmasi jamoasiga, 3-o‘rin esa Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlari jamoasiga nasib etdi.

Yoshlar Ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmalariga esa 1 milliard so‘m pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, 50 nafar iqtidorli o‘quvchi yoshga sog‘lomlashtirish markaziga umumiy qiymati 82 million so‘mlik yo‘llanma sertifikati topshirildi.

Mingbuloq tuman hokimligi «Eng faol kitob targ‘ibotchisi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Bundan tashqari, kitobxon oila farzandiga bir yillik oliy o‘quv yurtiga shartnoma to‘lovi o‘tkazib berilishi to‘g‘risida sertifikat topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid