O‘zbekiston | 14:25 / 01.06.2021
5806
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana 70 ming doza «Sputnik V» vaksinasi olib kelindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

1 iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonga Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aprel oyida O‘zbekistonga ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). 

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida AstraZeneca vaksinasidan 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan jami 3,5 million doza (27 martda 1 million doza, 27 aprelda 1 million doza, 18 mayda 1 million doza va 19 mayda 500 ming doza) keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llangan.

Mavzuga oid