Jahon | 08:18 / 02.06.2021
26523
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik milliarder dollar o‘rnini bosa oluvchi valutani aytdi

Foto: Global Look Press

Xitoy milliy valutasi – yuan kelgusida jahon savdosida eng ko‘p qo‘llanuvchi valutaga aylanadi. Bu haqda amerikalik milliarder, Bridgewater Associates investitsiya kompaniyasi asoschisi Rey Dalio aytdi

Dalioning prognoziga ko‘ra, Xitoy valutasi AQSh dollariga nisbatan «yashovchanroq» bo‘lib chiqadi.

«Fikrimcha, kelgusida odamlar qaysi valutani qo‘llashni o‘zlari tanlaydilar va mustahkam iqtisodiy asosga ega valutalargina raqobatbardosh bo‘ladi. Ko‘plab davlatlar uchun bu xavfga aylanadi», deb aytgan milliarder CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uning ta'kidlashicha, AQSh iqtisodiyoti nafaqat yuan mustahkamlanishi, balki mamlakat ichidagi muammolar, jumladan, amerikaliklarning kreditlanish darajasi o‘sishi hisobiga zarba ostida qolishi mumkin.

Mavzuga oid