Eronning eng katta harbiy kemasi cho‘kib ketdi
Eron harbiy-dengiz kuchlarining eng katta kemasi hisoblangan Kharg ta'minot kemasi yong‘in oqibatida Jask porti yaqinida Ummon ko‘rfazida cho‘kib ketdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, harbiy kema xalqaro suv hududlarida mashg‘ulot olib borayotganda uning tizimlaridan birida yong‘in chiqqan. Yong‘inga qarshi kurash 20 soat davom etgan, biroq uni to‘xtatishning iloji bo‘lmagan. Natijada yong‘in kemaning boshqa qismlariga ham o‘tib, uning suv ostiga g‘arq bo‘lishiga olib kelgan.
Kemada yong‘in boshlangach, uning butun ekipaji sohilga evakuatsiya qilingan. Yong‘in chiqishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.
Reuters va Associated Press axborot agentliklarining xabar berishicha, Kharg Eron harbiy flotining eng katta kemasi bo‘lgan. U dengizdagi boshqa kemalar ta'minoti, og‘ir yuklarni tashish bilan shug‘ullangan va vertolyotlar uchun havoga ko‘tarilish maydonchasi bo‘lib xizmat qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, kema Britaniyada qurilib, 1977 yilda suvga tushirilgan. U Eron harbiy floti tarkibiga 1984 yilda kiritilgan.
Mavzuga oid

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi

16:43 / 13.04.2025