Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada koronavirusga qarshi turli vaksinalarni birga qo‘llashga ruxsat berildi
Kanadaning immunlash bo‘yicha milliy maslahat qo‘mitasi koronavirusga qarshi turli vaksinalarni birga qo‘llashni ma'qulladi. CBC News telekanalining xabar berishicha, gap AstraZeneca, Moderna va Pfizer kompaniyalari vaksinalari haqida bormoqda.
Ta'kidlanishicha, dastlab AstraZeneca bilan emlanganlarga ikkinchi emlashni Moderna va Pfizer vaksinalari bilan amalga oshirish mumkin. Biroq birinchi emlashda Moderna yoki Pfizer vaksinasi qo‘llangan bo‘lsa, unda ikkinchi emlash ham faqatgina ushbu kompaniyalar vaksinalari bilan amalga oshirilishi lozim. Chunki ushbu ikki vaksina mRNK texnologiyasiga asoslangan.
Ushbu tavsiyalar Ispaniya va Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AstraZeneca va Pfizer vaksinalarining aralash qo‘llanishi xavfsiz va samarali bo‘lgan. Kanada sog‘liqni saqlash vaziri Tereza Temning ta'kidlashicha, bu qaror yangilik hisoblanmaydi. Uning aytishicha, avval bunday yondashuv turli, jumladan, gripp va gepatit A’ga qarshi vaksinalarga nisbatan qo‘llangan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025