Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
«Samarqand–Olmaota» va «Turkiston– Toshkent» yo‘nalishlarida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
May oyida o‘tkazilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida «Samarqand–Olmaota» va «Turkiston–Toshkent» yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
«Samarqand–Olmaota–Samarqand» yo‘nalishida Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marta, «Turkiston–Toshkent–Turkiston» yo‘nalishida Air Astana aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi Fly Arystan aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marta qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
Ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya qilgan holda Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalarining har biri tomonidan «Toshkent–Olmaota» yo‘nalishida haftasiga 7 martadan, «Toshkent–Nur-Sulton» yo‘nalishida esa haftasiga uch martadan muntazam yo‘lovchi qatnovlari bajarilmoqda.
Shuningdek, Uzbekistan Airways va SCAT Airlines aviakompaniyalarining har biri tomonidan «Urganch–Aqtau–Urganch» (haftasiga 2 marta) yo‘nalishida hamda SCAT Airlines aviakompaniyasi tomonidan «Aqtau–Nukus–Aqtau» (haftasiga 1 marta) yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
«Air Astana aviakompaniyasi «Olmaota–Samarqand» yo‘nalishidagi qatnovlarni 8 iyundan boshlab amalga oshiradi», deyiladi Transport vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga bergan ma'lumotida.
Eslatib o‘tamiz, «Toshkent–Dubay–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar soni ham ko‘paytirilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024