Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk lirasi yana qadrsizlana boshladi
So‘nggi oylarda turk lirasi 16 foizga qadrsizlangan. Turkiyada inflatsiya darajasi 17 foizga yetdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda foiz stavkalarini pasaytirish zarurligini yana bir bor ta'kidlaganidan so‘ng, turk lirasi taxminan 3 foizga inflatsiyaga uchradi.
«Men Markaziy bankimiz rahbari bilan gaplashdim. Foiz stavkalarini pasaytirishimiz shart. Natijada biz iyul va avgust oylarida narxlar pasayishiga erishamiz. Agar biz foiz stavkalari yukini sarmoyalar va xarajatlardan olib tashlasak, unda tinchroq muhitga kiramiz, chunki bu foiz stavkalari xarajatlar inflatsiyasini keltirib chiqaradi», – degan Turkiya rahbari TRT telekanaliga bergan intervyusida.
Ayni paytda mamlakatda ishsizlik darajasi 13,1 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich yoshlar orasida ikki baravar ko‘p. Bloomberg'ning yozishicha, ishsizlikni kamaytirish Erdo‘g‘an hukumati uchun muhim vazifaga aylangan, chunki ishsizlik ikki raqamli sonlarda bo‘lgan ko‘plab shaharlarda, xususan Istanbul va poytaxt Anqarada aholida hukumatdan norozilik yuqori.
Tahlilchilarga ko‘ra, so‘nggi oylarda turk lirasi 16 foizga qadrsizlangan. Bundan tashqari, inflatsiya darajasi 17 foizni tashkil etmoqda. Markaziy shaharlarda oziq-ovqat narxlari oshyapti.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, foiz stavkalarini qisqartirish ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini pasaytiradi va natijada iste'mol narxlarining o‘sishi sekinlashadi.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, 2013 yildan beri Erdo‘g‘anning pul-kredit siyosatiga tinimsiz aralashuvi, shuningdek, iqtisodiyotda chet el valutasi va oltinga bog‘liqlikning oshishi mamlakatda liraning qadrsizlanishiga va inflatsiya darajasining doimiy ravishda yuqori sur'atlarda saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Aholining aksariyat qismi o‘z jamg‘armalarini liraga aylantirishni istamaydi. Investorlarda mamlakat Markaziy banki mustaqilligiga, uning mustaqil qaror qabul qila olishiga ishonch yo‘qligi aytiladi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025