Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini qanday qilib kuchaytirish, muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatga 200 kun ichida tahlil o‘tkazish va AQSh prezidentiga hisobot hamda tavsiyalar taqdim etish vazifasi yuklatildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden dunyodagi korrupsiyaga qarshi kurashishni mamlakat milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifalardan biri deb e'lon qiluvchi memorandumni imzoladi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili ma'lum qildi.
«AQSh prezidenti mazkur memorandum bilan korrupsiyaga qarshi kurashishni AQSh milliy xavfsizligining muhim vazifasi etib belgilamoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini qanday qilib kuchaytirish, muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatga 200 kun ichida tahlil o‘tkazish va prezidentga hisobot hamda tavsiyalar taqdim etish vazifasi yuklatildi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus korrupsiyani moliyalashtirishga qarshi kurashish va Vashington fikri bo‘yicha ana shunday noqonuniy faoliyatda qatnashayotganlarni javobgarlikka tortish borasidagi xalqaro hamkorlikni ko‘zda tutadi.
«Memorandum amalga oshirilishi dunyodagi korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi qat'iy choralarga olib keladi», dedi AQSh ma'muriyati vakili.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025