Mo‘ynoqda 12 va 11 yoshli aka-uka kanalda cho‘kib ketdi
Mo‘ynoqda 12 va 11 yoshli aka-uka kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xabar berdi.
2021 yil 2 iyun kuni soat 14:00lar chamasida Mo‘ynoq tumani Ubbiniyazov ko‘chasida yashovchi aka-uka J.R (2009 yilda tug‘ilgan) va J.D.(2010 yilda tug‘ilgan) shu tumandagi “Madeli” OFYda yashovchi N.Q.ning uyiga mehmonga borib, ushbu qishloqdagi “Qipshaqdaryo” kanalida cho‘milganida, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan.
Shu payt kanal yonidan o‘tib borayotgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan, lekin tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ikkala bola ham vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:24 / 29.05.2024
Mo‘ynoqdan Qo‘shko‘lgacha yoxud eko-qochqinlar qismati
13:35 / 13.04.2024
Mo‘ynoqda Aral Dea Eco Race eko-yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
14:59 / 30.03.2024
1 apreldan boshlab Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlarida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
17:59 / 07.02.2024