Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko amerikalik senatorlardan Bayden va Zelenskiyni uchrashtirishni so‘radi
Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko amerikalik senatorlar delegatsiyasidan AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvini tashkillashtirishni iltimos qildi. Poroshenko AQSh va Ukraina prezidentlari Bayden hamda Putinning Shveytsariyadagi o‘zaro uchrashuvidan avval gaplashib olishlarini xohlamoqda.
«Ukrainaning ishonchli va yaxshi do‘stlari – senatorlarni ko‘p yildan beri taniyman. Ular Ukrainaning AQSh kongressida har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlab kelishadi. Bayden va Putin o‘rtasida Jyenevada o‘tadigan muzokaralardan oldin AQSh prezidenti Zelenskiy bilan uchrashishi kerak deb o‘ylayman va bu uchrashuv tashkillashtirilishi uchun senatorlardan yordam so‘rayman», degan Poroshenko.
Sobiq prezident senatorlar bilan Rossiyaning «Shimoliy oqim-2» gaz tranzitini ham muhokama qilgan. Siyosatchining fikricha, Zelenskiyning gaz quvuri bo‘yicha pozitsiyasi «mutlaq muvaffaqiyatsiz» hisoblanadi: «Afsuski, bu Ukraina va AQSh prezidentlari o‘rtasida samarali muloqot yo‘qligidan dalolat», degan Poroshenko.
Avvalroq Ukraina va AQSh Baydenning Putin bilan uchrashuvidan oldin Oq uy rahbarining Zelenskiy bilan telefon muloqotini tashkillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani aytilgandi.
Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyunda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu Putin va Baydenning prezident sifatidagi ilk uchrashuvi bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
19:09 / 19.05.2025