O‘zbekiston | 09:29 / 03.06.2021
2014
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg‘ona viloyatida yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirayotgan Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. 

Uchrashuvda viloyat hududida loyiha taxminiy qiymati 700 million AQSh dollariga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilingan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, kompaniya boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Tszinmin, loyihalar departamenti rahbari Syao Chunxun hamda O‘zbekiston filiali direktori Chjou Junkan bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha taxminiy qiymati 700 million AQSh dollariga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi muhokama qilingan. 

X.Bozorov Farg‘onada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihada ham kilovatt-soat elektr energiyasi narxi “Masdar” va “Total Eren” tomonidan taklif etilgan tariflar atrofida bo‘lishi kerakligiga e'tibor qaratgan.

Xitoylik mehmonlar, Farg‘ona vodiysidagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi loyihasi uchun bank kreditlari emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish rejalashtirilganini ma'lum qilib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil muddatda sotib olishi uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga eng maqbul tariflarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Avvalroq viloyat hokimi Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi prezidenti bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid