Belarus samolyotlariga Yevropa ittifoqi ustidan uchish taqiqlandi
Yevropa kengashi Belarus samolyotlariga Yevropa ittifoqi davlatlari ustidan uchishga va ularning aeroportlaridan foydalanishga taqiqlov kiritishini e'lon qildi. Ushbu qaror Ryanair samolyotining Minskda favqulodda qo‘ndirilishi bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar Belarus samolyotlariga o‘z hududlariga qo‘nish va ulardan uchishga, o‘z havo hududlaridan foydalanishga ruxsat berilishini rad etishlari kerak bo‘ladi. Yevrokengash bayonotida taqiqlov qachondan kuchga kirishi ko‘rsatilmagan.
Avvalroq Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib, ushbu cheklovlar 5 iyunga o‘tar kechasiyoq kuchga kirishi mumkinligini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi keyingi haftada Belarusga qarshi keyingi cheklovlarni muhokama qilmoqchi. Sanksiyalar ostiga belaruslik vazirlar, Belarus harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi vakillari tushishi mumkin.
23 may kuni Minskda Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga reys bajargan samolyoti belaruslik dispetcherlarning u “minalashtirilgani” haqidagi ogohlantirishidan keyin majburiy qo‘nishni amalga oshirgandi. Keyinroq bu ma'lumot tasdiqlanmagan.
Samolyotda Belarusda ekstremistik deb topilgan NEXTA Telegram-kanali asoschisi Roman Protasevich bo‘lgan. Samolyot qo‘ndirilgach, u hibsga olingan.
Yevropa ittifoqida samolyotning majburiy qo‘ndirilishi va Protasevichning hibsga olinishi qoralangan.
Mavzuga oid
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:25 / 03.05.2023
O‘zbekistonda Yevropa kuni o‘tkaziladi
10:37 / 19.04.2023
Senat raisi Tanzila Norboyeva YeI vakillari bilan uchrashdi
21:36 / 20.12.2022