Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda ikkita mashina va traktor o‘zaro to‘qnashdi
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasida ikkita mashina va traktor o‘zaro to‘qnashgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, joriy yil 3 iyun kuni soat 23:00larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R84 Yakkabog‘-Chiroqchi-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani «Istiqlol» va «Chinobod» mahalla fuqarolar yig‘inlari oralig‘idan o‘tgan qismida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi «Cobalt», «Nexia 3» va traktor ishtirokida ro‘y bergan. Guvohlarning ma'lumot berishicha, traktorda tungi yoritish moslamalari mavjud bo‘lmagan. Shuningdek, ko‘chaning yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan qismida ham yoritish chiroqlari bo‘lmagan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida traktor ikkiga bo‘linib ketgan. «Cobalt», «Nexia 3» ham jiddiy shikastlangan. Ayni vaqtda o‘zaro to‘qnashgan transport vositalarida necha kishi bo‘lgan, ularning taqdiri qanday bo‘lgan, rasmiy ma'lumot berilmadi.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025