Qaysi hollarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilinmasligi ma'lum bo‘ldi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin qabul qilinmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan, ma'lum bir sinfni takroran o‘qimoqchi bo‘lganlarning hujjatlari ham rad etiladi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qaysi hollarda rad etilishi haqida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi ijod maktablarini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh raisi Sherzod Xudoyqulov ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, talabgor belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda, talabgor ta'lim olayotgan maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (ijod maktablari bundan mustasno), hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, taqdim etilgan hujjatlarning yozuvlari, muhrdagi yozuvlar sifatsiz holda nusxalangan bo‘lsa, chet el fuqarosi bo‘lsa, umumta'lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan va prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarida xuddi shunday sinfda takroran o‘qish istagida bo‘lsa, bunday hujjatlar qabul qilinmaydi.
Shuningdek, Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor o‘quv yili natijasiga ko‘ra, sinflar bo‘yicha talab qiladigan fanlarni a'lo bahoga tugatmagan bo‘lsa, ularning hujjati ham qabul qilinmaydi.
“Ya'ni, biz talab qiladigan STEAM fanlari bor. Shu fanlardan talabgorning yillik bahosi 4 bo‘lsa, bu o‘quvchining hujjatlari rad etiladi. Agar o‘quvchining chorak bahosi 4 chiqqan bo‘lsa, keyingi chorakda bahosini yaxshilab, 5ga to‘g‘rilagan bo‘lsa, ya'ni yillik bahosi 5 chiqqan bo‘lsa, demak, o‘quvchi hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi. Biz faqat yillik baholarini inobatga olamiz”, dedi Sherzod Xudoyqulov.
Mavzuga oid
16:29 / 07.02.2023
“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” – davlat xizmatlari sohasida nimalar o‘zgardi?
20:00 / 03.07.2021
Bu yil ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga mantiqiy savollar ham qo‘shiladi
19:17 / 03.07.2021
2025 yilgacha barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan maktablar ochiladi - Hilola Umarova
17:17 / 03.07.2021