«Rossiya qurilish maydonlarida mehnat resurslari narxi 50–100 foizga oshdi» - Marat Xusnullin
Rossiya qurilish maydonlarida ishlashga tayyor bo‘lgan xorijiy ishchilarning mamlakatga kirishi bo‘yicha amaldagi tartibni soddalashtirishga oid taklif tayyorlandi.
Rossiyadagi qurilish obektlarida mehnat migrantlari bilan bog‘liq vaziyat ayanchli darajaga tushib qolmoqda. Bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma'lum qildi.
«Hozir migrantlar va mehnat resurslari bilan bog‘liq vaziyat halokatli darajaga yetmoqda. Mehnat resurslari narxi 50—100 foizga oshdi. Bundan tashqari, bizda pul yo‘q, bizda odamlar yo‘q», deya ta'kidladi Marat Xusnullin.
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtabning so‘nggi yig‘ilishida Rossiya qurilish maydonlarida ishlashga tayyor bo‘lgan xorijiy ishchilarning mamlakatga kirishi bo‘yicha amaldagi tartibni soddalashtirishga oid taklif tayyorlangan.
Avvalroq, Rossiya hukumati xorijiy mehnat migrantlarining rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligiga doir bilimlari bo‘yicha minimal talablar darajasini tasdiqlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024