Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi ayol vafot etdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi ayol vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 31 may kuni M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Paxtachi tumani Xumor mahallasi hududidan o‘tgan 124-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab odam tushirayotgan Nexia mashinasining orqa tomonidan zarb bilan urilgan. Oqibatda Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Paxtachi tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:32 / 27.05.2025
Paxtachida bir kunda 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025