Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘l jangi bo‘yicha Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston 1-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston qo‘l jangi terma jamoasi Toshkentda o‘tgan jahon chempionatida 8 ta oltin, jami 30 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
5-7 iyun kunlari Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha VI Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasidan xabar qilishlaricha, mezbon sportchilar 8 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza – jami 30 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida 2-o‘rin Rossiya, 3-o‘rin Qozog‘iston terma jamoasiga nasib etdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, chempionatda 30 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
08:07 / 21.06.2022
Dzyudo va qo‘l jangini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari qabul qilindi
08:24 / 09.02.2022
O‘zbekistonda qo‘l jangi yanada rivojlantiriladi - Prezident qarori loyihasi
23:41 / 05.05.2019
Mudofaa vazirligida ilk bor “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” musobaqasi o‘tkazildi
08:02 / 15.02.2019