Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Neksiya»ga urilgan «Jiguli» haydovchisi vafot etdi
Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalardan birida yuqori tezlikda harakatlanib kelgan «Jiguli» beton to‘siqdan oshib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Neksiya»ga urilgan. Oqibatda uning haydovchisi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 iyun kuni soat 12:37larda Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Haydovchi Yu.A. boshqaruvidagi davlat raqami 70 L 713 PA bo‘lgan «Jiguli» yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan haydovchi M.A. boshqaruvidagi «Neksiya»ga urilgan.
Oqibatda «Jiguli» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qarshi filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etgan. «Neksiya» haydovchisi ham yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, «Jiguli» haydovchisi belgilangan me'yorlardan ortiq tezlikda harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025