Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 yilda 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan
2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida bosh prokuror o‘rinbosari Shavkat Rahimov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 yilda prokurorlar tomonidan 7500dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan.
“Ma'muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, dedi Shavkat Rahimov.
O‘z navbatida, adliya vaziri Ruslanbek Davletovning bildirishicha, uyi “snos”ga tushganlarga yer emas, pul beriladi.
“Uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul beriladi. Ya'ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi”, dedi adliya vaziri.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025