Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Air Astana» O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
"Air Astana" O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Foto: Kazinform
Ma'lum qilinishicha, "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2021 yil 8 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining "Air Astana" aviakompaniyasiga Turkiston – Toshkent – Turkiston va Olmaota – Samarqand – Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
"Air Astana" aviakompaniyasi "Nur-Sulton – Toshkent - Nur-Sulton" va "Olmaota – Toshkent – Olmaota" yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 2010 yil 18 noyabrdagi 78-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomasiga ham ega.
Bundan oldin, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025