Jahon | 08:21 / 09.06.2021
18023
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy afrikalik ayol 10 egiz farzandni dunyoga keltirib, rekord o‘rnatdi

Janubiy afrikalik ayol birdan 10 farzand – 7 o‘g‘il va 3 qizni dunyoga keltirib, rekord o‘rnatdi.

Janubiy Afrika Respublikasida 37 yoshli Goziame Tamara Sitxole bittada 10 egiz farzandni dunyoga keltirdi. Bungacha ayolning egizak farzandi bo‘lgan.

Ayolga Pretoriya shifoxonalaridan birida kesarcha qilingan.  

Ta'kidlanishicha, ayol ko‘zi yoriganda homiladorlikning 7-oy 7-kunida bo‘lgan.

Ayol va turmush o‘rtog‘ining ta'kidlashicha, homiladorlik tabiiy yo‘l bilan yuz bergan. Dastlab ayolga ultratovush tekshiruvida 6 farzand, keyinroq esa 8 farzand kutayotgani aytilgan. Biroq jarrohlik amaliyoti ayol 10 nafar farzand kutayotganini ko‘rsatgan.

Ayolning turmush o‘rtog‘i shifokorlarga ishonmagan va bunday homiladorlikni tibbiyot nuqtayi nazaridan imkonsiz deb hisoblagan. Biroq u bir onda ko‘p farzandli otaga aylangandan keyin hayratga tushgan.

Ta'kidlanishicha, bu borada avvalgi rekord malilik ayol tomonidan bir oy oldin o‘rnatilgan bo‘lib, u 9 egiz farzandni dunyoga keltirgan.

Mavzuga oid