O‘zbekiston | 10:04 / 09.06.2021
1113
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonga Hindiston va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan vaksina olib kelindi. U haqda SSV va «Saniped» ikki xil ma'lumot bermoqda

Foto: KUN.UZ

Hindiston va Buyuk Britaniyada  ishlab chiqarilgan «Covisheld» vaksinasi Qoraqalpog‘istonga olib kelindi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, bu vaksina 18 yoshdan yuqori yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan. Undan birinchi navbatda xorijga o‘qishga boradigan talabalar, OAV vakillari va yozuvchilar emlanishi nazarda tutilgan. 

Kun.uz muxbiri vaksina haqida batafsilroq ma'lumot olish uchun Qoraqalpog‘iston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bilan bog‘landi. Ularning bergan ma'lumotlari Qoraqalpog‘iston SSVning ma'lumotlariga to‘g‘ri kelmadi.

Boshqarma bo‘lim mudiri Adil Do‘simbetovning aytishicha, vaksina 65 yoshdan yuqori odamlarga, tibbiyot xodimlar, surinkali kasalliklar bilan ro‘yxatda turgan aholiga, maktab o‘qituvchilari va maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlariga mo‘ljallangan. Vaksina 18 mart kuni  32 ming dozada Nukusga olib kelingan. 

Adil Do‘simbetovning qo‘shimcha qilishicha, hozircha emlash ishlarining 1-birinchi turi yakuniga yetgan. Daslabki bosqichda 15 980 kishi emlangan. 2-turda yakunlanishi arafasida, bugungi kunga kelib 14 931 emlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid