Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tugadi, tamom. Buyog‘iga auksion bo‘lishi shart» - Toshkentda hokim qarori bilan yer ajratish eksperimenti yakunlandi
Toshkentda shahar hokimining qarorlari bilan tanlovsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri yer ajratish bo‘yicha o‘tkazilgan eksperiment nihoyasiga yetdi.
Bu haqda yer munosabatlariga oid prezidentning yangi farmoni yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma'lum qildi.
«Toshkent shahrida to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar hokimining qarori bilan yer ajratish bo‘yicha eksperiment bo‘lgan edi. Bu muddat tugadi, endi Toshkent shahrida ham yerlar auksion orqali ajratiladi. Ushbu farmon hech qanday istisnolarsiz shaharda ham ijro qilinishi kerak.
Chunki ayniqsa shaharga alohida e'tibor qilish kerak. Toshkent va Samarqand shaharlarida yer juda qimmat. Shuning uchun, bu yerlarning haqiqiy bahosi auksionda aniqlanib, davlatga pul tushishi kerak.
Tezroq investitsiyalar kiritilishi, egiluvchan tizim bo‘lishi uchun bu qilingan edi, endi tugadi, tamom. Buyog‘iga auksion bo‘lishi shart» – deydi Ruslanbek Davletov 9 iyun kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025