Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDYuU qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari universitetga suhbat asosida qabul qilinishi mumkin
“Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, TDYuU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYuU tomonidan belgilanadigan o‘rinlar soniga mos ravishda qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi.
O‘qishga qabul qilish suhbat natijalariga ko‘ra reyting tizimi bo‘yicha to‘plangan ballar asosida amalga oshiriladi.
Bunda har yili 10 iyundan kechikmasdan maxsus komissiya tashkil etiladi. Bitiruvchilar har yili 20 iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli o‘quv yili bitiruvchilarining arizalarini ko‘rib chiqadi (20 iyundan boshlab 5 ish kunidan oshmagan muddatda).
Nizomga ko‘ra, har yili 1 iyuldan kechikmasdan suhbat komissiyasi tuzilib, yakka tartibdagi suhbat har yili 10-20 iyul kunlari o‘tkaziladi. Suhbat natijalari reyting tizimi bo‘yicha abituriyentga qo‘yilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi. Suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. Natijalar TDYuU rasmiy veb-saytida suhbat o‘tkazilgandan so‘ng keyingi ish kunida e'lon qilinadi.
O‘qishga qabul qilish suhbatiga chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, shaxsiy yutuqlari, o‘qish davrida intizomiy chora qo‘llanilmaganligi, o‘qish natijalariga ko‘ra yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega akademik litsey bitiruvchilari kiritiladi hamda suhbat jarayonida to‘plangan ballar asosida qabul qilinadi.
TDYuU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.
Mavzuga oid
07:43 / 14.04.2022
Arxitektura yodgorligi bo‘lgan Yuridik universitet binosida o‘zboshimchalik bilan devorlar teshilgani aniqlandi
18:07 / 10.12.2021
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi
13:14 / 30.10.2021
Yuridik universitetga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
09:17 / 18.08.2021