Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida yoshlar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan bugun, 12 iyun kuni ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududida Yoshlar oyligi doirasida yoshlar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan bugun, 12 iyun kuni soat 18.00 dan 22.00gacha Mehrigiyo ko‘chasining Jahonaro ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bo‘lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
14:32 / 25.01.2025
Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i sindi
20:27 / 13.12.2024