Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirus kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha tergovning ikkinchi bosqichiga o‘tadi
«Katta yettilik» davlatlari Britaniyada o‘tayotgan sammitda koronavirus kelib chiqishi masalasini muhokama qilishdi. Unda ishtirok etgan JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirus kelib chiqishini aniqlash muhimligini aytdi va bu bo‘yicha tergovning ikkinchi bosqichiga o‘tilishini ma'lum qildi.
«Biz koronavirus paydo bo‘lishini muhokama qildik. Fikrimizcha, bu borada barcha versiyalar muhokama qilinishi kerak va biz virusning kelib chiqishini batamom aniqlash uchun tergovning ikkinchi bosqichiga o‘tishimiz lozim», deb aytgan Gebreyyesus.
U koronavirus laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishini istisno qilmasligini aytgan.
«Xitoy tomonidan tergovning boshlang‘ich bosqichida yetarlicha ochiq-oydinlik va hamkorlik bo‘lmadi», deb qo‘shimcha qilgan JSST rahbari.
Gebreyyesus 3,75 mln kishi pandemiya qurboni bo‘lganini va «bu odamlarga hurmat yuzasidan va kelgusida boshqa bunday pandemiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun virusning kelib chiqishini aniqlash zarurligini» aytgan.
Virusning kelib chiqishi borasidagi bahs hamon davom etmoqda. G‘arb davlatlari, xususan, AQSh bunda Xitoyni ayblayapti. Xitoy esa pandemiyaga javobgar emasligini aytib, o‘ziga bildirilayotgan barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mart oyida JSST o‘z mutaxassislarining koronavirus ilk bor qayd etilgan Xitoyning Uhan shahriga safaridan keyin virus kelib chiqish manbayini aniqlashning imkoni bo‘lmagani ma'lum qilgan. JSST ekspertlari virus laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli ozligini aytishgandi.
Biroq may va iyunda AQSh OAVda koronavirus Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketganiga ishora qiluvchi materiallar paydo bo‘la boshladi. Jumladan, The Wall Street Journal nashri virus qo‘zg‘atuvchisi tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan koronavirusda hech qachon kuzatilmagan genetik izga egaligini ma'lum qildi. AQSh prezidenti Jo Bayden razvedkadan koronavirus kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishni talab qilgan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:31 / 16.04.2025