Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada lokdaun yengillashtirilishi 4 hafta keyinga qoldirildi
Britaniya hukumati koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklovlar bekor qilinishini 4 hafta keyinga qoldirdi. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib BBC News telekanali xabar berdi.
Bunga sabab sifatida mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paygani keltirilgan.
Bungacha mamlakatda amal qilayotgan lokdaunni 21 iyunda yengillashtirish rejalashtirilayotgandi. Yaqin orada Britaniya bosh vaziri Boris Jonson cheklovlar uzaytirilishini tasdiqlashi kutilmoqda. Shundan keyin lokdaun yengillashtirilishining kechroq sanaga ko‘chirilishi parlament quyi palatasida ovozga qo‘yiladi.
Britaniyada 13 iyunda koronavirusdan 7490ta yangi kasallanish va 8ta o‘lim holati qayd etildi. Oxirgi hafta ichida kasallanganlar soni undan bir hafta oldingiga qaraganda 49 foizga ko‘paygan. Britaniyada yangi kasallanish holatlarining 91 foizi virusning hindcha shtammiga to‘g‘ri kelmoqda.
Avvalroq Jonson hindcha shtamm lokdaunni yengillashtirishga xalaqit qilishi mumkinligini aytgan. Keyinroq u cheklovlarni yengillashtirishda «ehtiyotkor bo‘lish» kerakligini va mamlakatda shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlar ko‘payayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Ayni vaqtda Britaniyaning 41 mlndan ko‘proq aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasini, 30 mlnga yaqini esa ikki dozasini olgan.
Hukumat fevralda vaksina tatbiqi muvaffaqiyatli davom ettirilib, u bemorlar orasida o‘lim holatlarini sezilarli kamaytirsa va shifoxonaga yotqizilishi kerak bo‘lgan bemorlar soni keskin oshmasagina cheklovlar bekor qilinishini aytgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025