Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta oilaning boshlig‘i vafot etdi
Hindistonning Mizoram shtatida 38 rafiqasi, 89 farzandi va 36 nabirasi bo‘lgan Ziona Chana vafot etdi. Uning oilasi dunyodagi eng katta oila hisoblangan.
76 yoshli Chana dunyodagi eng katta oila boshlig‘i sifatida tanilgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Chananing aslida 39 rafiqasi, 94 farzandi va 33 nabirasi bo‘lgan. U o‘zidan 3 yoshga katta bo‘lgan birinchi rafiqasini 17 yoshida uchratgan.
«Dunyodagi eng katta oila boshlig‘i bo‘lgan janob bilan yurakda dard ila vidolashmoqdaman. Baktaung Tlangnuam qishlog‘i ushbu oila evaziga Mizoramning sayyohlarni jalb qiluvchi diqqatga sazovor joyiga aylangandi. Oxirating obod bo‘lsin, ser!» deb yozgan Mizoram bosh vaziri Twitter’da.
OAVda ma'lum qilinishicha, rekordchi ota qand kasalligi va qon bosimidan aziyat chekkan. U 13 iyun kuni hayotdan ko‘z yumgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, marhumning oilasi 4 qavatli uyda yashagan. Chuuar Than Run, ya'ni «Yangi avlod uyi» deb nomlangan ushbu uyda 100 xona mavjud bo‘lib, u shtatning bosh turistik obekti hisoblanadi. Bu yerga sayyohlar ushbu noodatiy oila qanday yashashini ko‘rish uchun kelishadi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, oila kechki ovqatning o‘zida 100 kg guruch, 60 kg kartoshka va 30taga yaqin tovuq iste'mol qiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025