Xorazmda rahbarlar qon topshirish xayriya tadbirida ishtirok etishdi

14 iyun – butunjahon donorlar kuni munosabati bilan viloyat qon quyish markazida «Qon topshiring, dunyoda hayot davom etsin!» shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Unda rahbarlar ham ishtirok etdi. Jumladan, Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Hajiyev va o‘rinbosarlari beg‘araz qon topshirishdi.
2020 yilda Xorazm viloyatida 12 243 donor 6 277 litr qon topshirgan. Undan 2582 litr yangi muzlatilgan plazma, 2917 litr eritromassa, 289 doza kriopretsipitat, 549 doza trombokonsentrat va boshqa qon tarkibiy qismlari tayyorlangan.
Qon quyish markaziga kuniga 100 ga yaqin fuqarolar murojaat qilmoqda. Ulardan yuqumli kasalliklar qayd qilinmagan, sog‘lom fuqarolarga qon topshirishga ruxsat beriladi. Har kuni 60 ga yaqin murojaatchidan qon olinib, qon komponentlari tayyorlanadi.
Xayriya tadbiri iyun oyining oxiriga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025