Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy alkogol va sigaret savdosi bilan shug‘ullangan 200dan ortiq diplomat JARdan chiqarib yuboriladi
Qayd etilishicha, Malavi va Lesoto diplomatlari chiqarib yuborilgan, yaqin kunlarda Esvatini qirolligi, Gana, Burundi va yana bir nechta mamlakat vakillari JARni tark etadi.
Janubiy Afrika Respublikasi hukumati qator Afrika davlatlarini ularning 200 nafardan ortiq diplomatini pandemiya davrida noqonuniy alkogol va sigaret savdosi bilan shug‘ullangani uchun mamlakatdan chiqarib yuborishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, Malavi va Lesoto diplomatlari chiqarib yuborilgan, yaqin kunlarda Esvatini qirolligi, Gana, Burundi va yana bir nechta mamlakat vakillari JARni tark etadi.
2020 yilda, pandemiya cheklovlari davrida JARda alkogol savdosi taqiqlangan, ammo Pretoriya va Yoxannesburgda joylashgan elchixona va konsulxona xodimlari maxsus bojsiz savdo do‘konlaridan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Diplomatlar va ularning oila a'zolari bu mahsulotlarni ko‘plab miqdorda sotib olgan, so‘ngra ularni qimmatroq narxda noqonuniy savdo bilan shug‘ullanuvchi sotuvchilarga bergan.
Bundan tashqari, ayrim diplomatlar hatto taqiqlangan mahsulotlar sotiladigan noqonuniy barlar ochgan. Soliq organlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, ularning bu harakatlari oqibatida mamlakat budjetiga 404 mln funt sterling miqdoridagi savdo solig‘i tushmagan. Masalan, elchilardan birining yordamchisi esa noqonuniy savdolar ortidan 1,85 mln funt sterling pul ishlagan.
Malavi hukumati o‘z diplomatlarining bu harakatlari uchun JAR rahbariyatidan rasman uzr so‘ragan va ularga nisbatan «tegishli choralar» ko‘rilishiga va'da bergan.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
21:12 / 10.04.2025
JARda pingvin sabab vertolyot falokatga uchradi
13:43 / 15.03.2025
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi
22:32 / 06.02.2025