Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda bo‘sh binodan foydalanish ruxsatnomasi uchun pul talab qilgan mutasaddi ushlandi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida mansabdor tanishlari orqali bo‘sh binodan foydalanish ruxsatnomasini olib berishni va'da qilgan mutasaddi qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar byermoqda.
Ma'lum qilinishicha, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi davlat kadastrlar palatasi G‘ijduvon tuman filiali xodimi, 1994 yilda tug‘ilgan E.S. qo‘lga olingan.
U o‘zga bir fuqaroning ishonchiga kirib, Buxoro viloyati qurilish nazorati inspeksiyasida ishlovchi tanishlari orqali tumanning Yusuf Hamadoniy ko‘chasida joylashgan binodan foydalanishga ruxsatnoma olib berish evaziga 3 million so‘m talab qilgan. So‘ng «Jasmina shifo med» tibbiyot klinikasi binosida, o‘ziga tanish bo‘lgan klinika hamshirasi orqali kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
10:51 / 24.09.2023
Uchta viloyatda qalbaki valutalar muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi
11:20 / 11.09.2023