Buxoroda «valutafurushlik» bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro viloyati Vobkent tumanida valuta qimmatliklarini noqonuniy ayriboshlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, huquqni himoya qilish organlari tomonidan Vobkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Shofirkon tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan N.U. qo‘lga olingan.
U valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelib, o‘zga bir shaxsdan 1 AQSh dollarini 10 500 so‘mdan hisoblab, jami 2 800 AQSh dollarini 29 million 400 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan N.U. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 08.10.2024
Buxoroda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 21.07.2024
Buxoroda xorijdagi eriga jahl qilib, bolalarini kaltaklagan ayolga jazo qo‘llandi
10:17 / 10.07.2024