Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:11 / 16.06.2021
5679
2 daqiqa o‘qiladi
Psixologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi
O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida psixologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.
Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida:
- oliy ta'lim tizimida fizika fanlari sohalarga moslashtirilgan holda o‘qitiladi;
- respublika oliy ta'lim muassasalari biologiya yo‘nalishlarining 3- va 4-kurslarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- psixologiya sohasidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;
- kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta'lim muassasalari maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – OTM) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazadi va 1—3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta'lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi
07:39 / 19.03.2025
Ajrashgan juftliklarga hissiyotlarni unutish uchun 8 yil kerak - olimlar
21:06 / 16.12.2024
Ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar pandemiya darajasiga yetdi – tadqiqot
18:36 / 20.09.2024