Jahon | 23:21 / 16.06.2021
8999
1 daqiqa o‘qiladi

Qorong‘ida ravshan ko‘rishga imkon beruvchi texnologiya ishlab chiqildi

Foto: Pixabay

Avstraliyalik va yevropalik tadqiqotchilar qorong‘ida ravshan ko‘rishga imkon beruvchi inqilobiy texnologiyani ishlab chiqishdi. Gap oddiy ko‘zoynaklar oynasini qoplash mumkin bo‘lgan o‘ta yupqa plyonka haqida bormoqda, deb ma'lum qilingan Advanced Photonics nashrida.

Material nanometr o‘lchamdagi kristallar negizida yaratilgan. U inson ko‘zi ilg‘amaydigan infraqizil nurni u ko‘ra oladigan tasvirga aylantiradi.

 «Biz ko‘rinmasni ko‘rinadigan qildik. Odam sochidan yuz marta ingichkaroq nanokristallardan iborat plyonkani ko‘zoynakka tushirish mumkin. U qorong‘ida ko‘rishga imkon beruvchi filtr kabi ishlaydi», deb aytilgan xabarda.

 Yangi texnologiya mualliflari uning nafaqat foydalanishda qulayligi, balki arzonligi sababli ommaviy tarzda qo‘llanishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. 

Plyonka xona haroratida tayyorlanadi. Tadqiqotchilar plyonkani yaqin orada bozorga chiqarishni rejalashtirishmoqda.

Mavzuga oid