Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 60 yoshgacha bo‘lganlar AstraZeneca vaksinasi bilan emlanmaydigan bo‘ldi
Endilikda 60 yoshdan kichik bo‘lganlarga Pfizer kompaniyasi vaksinasi taklif qilinadi.
Avstraliyada ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlar bois 60 yoshgacha bo‘lganlarning koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlanishi taqiqlandi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Greg Hantning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Avstraliya immunizatsiya bo‘yicha texnik maslahat guruhi tavsiyalarini qabul qildi va endilikda 60 yoshdan kichik bo‘lganlarga Pfizer kompaniyasi vaksinasi taklif etiladi.
Ammo Hantning aytishicha, mamlakatda 50 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 815 mingga yaqin kishi AstraZeneca vaksinasining kamida bir dozasi bilan emlangan. Shifokorlarning fikricha, agar birinchi emlashdan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan bo‘lsa, ikkinchi doza xavfli emas.
ABC ma'lumotiga ko‘ra, Avstraliyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan 3,8 milliondan ortiq kishining 60 nafarida qon quyulishi rejimi buzilishi kuzatilgan. Ulardan ikki nafari vafot etgan, 22 nafari shifoxonada davolanmoqda.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi
01:16 / 24.04.2025