Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serjantlar tayyorlash maktabiga 12 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tadbir davomida, fuqaro A.N. va D.N. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish masalasini 12 000 AQSh dollariga hal qilib berishga kelishib, shundan 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025